Lyuka Shevale «PSJ»ni tark etib, APLga yo'l olishi mumkin
19 MART, 2026, 13:00
Frantsiyaning «PSJ» klubi darvozaboni Lyuka Shevale 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng jamoasini o'zgartirishi mumkin. U ayni damda rossiyalik Matvey Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy bermoqda.
L'Equipe jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, darvozabonda Angliya Premer-ligasida ishga joylashish varianti mavjud. Londonning «Tottenxem» klubi Shevale xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. «Shporlar» yangi darvozabon qidirishmoqda va frantsuzning Parij grandidagi vaziyatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
24 yoshli darvozabon o'tgan yilning yozida «Lill»dan 40 million evro evaziga «PSJ» safiga kelib qo'shilgan edi. Shevalening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
