logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kurtuaning jarohati ancha jiddiy bo'lishi mumkin

 19 MART, 2026, 12:54

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua UEFA Chempionlar ligasi chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi kechadigan bahslarni o'tkazib yuborish xavfi ostida turibdi.

The Madrid Zone ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi xabar berishicha, belgiyalik posbonga dastlabki tashxislarga ko'ra yaqinlashtiruvchi mushakning yirtilishi tashxisi qo'yilgan. Agar ushbu tashxis o'z tasdig'ini topsa, Kurtua yaqin oradagi uchrashuvlarda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalida «qirollik klubi» «Manchester Siti»dan ustun kelgan edi. Birinchi o'yinda Alvaro Arbeloa shogirdlari 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan bo'lsa, javob bahsida ham 2:1 hisobida zafar quchib, ustunlikni mustahkamlashgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ