logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» sobiq himoyachisi yosh futbolchilarga yordam beruvchi platforma yaratdi

 19 MART, 2026, 12:30

Londonning «Arsenal» klubi sobiq himoyachisi Bakari Sanya zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirmoqda va bu borada ancha muvaffaqiyat qozonmoqda. U Ladisfaction deb nomlangan platformaga sarmoya kiritdi. Agar siz buni go'zal xonimlarni qidirish servisi deb o'ylayotgan bo'lsangiz, adashasiz. Aslida, ushbu platforma yosh o'yinchilarga professional klublar bilan aloqa o'rnatishni osonlashtirishga yordam beradi.

«Men o'zlarini ko'rsata olmagan ko'plab iqtidorli yigitlarni ko'rganman, chunki ularni hech kim payqamagan. Men ushbu loyiha ustida besh yildan beri ishlayapman. Bu menga futbol olamida qolishga yordam beradi, lekin ortiqcha diqqat-e'tibor va matbuot shov-shuvlarisiz», — dedi Sanya.

Sanya futbolchilik faoliyatini 2019 yilda yakunlagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ