logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Stiven Jerrard «Liverpul»ning bo'lajak sardori kim bo'lishini aytdi

 19 MART, 2026, 12:24

«Liverpul»ning afsonaviy sobiq futbolchisi Stiven Jerrard jamoaning bo'lajak sardori sifatida kimni ko'rayotganini ma'lum qildi.

Mashhur ingliz futbolchisi Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan «Galatasaroy»ga qarshi javob o'yini (4:0) qahramonlaridan biriga aylangan yarim himoyachi Dominik Soboslaini alohida ta'kidladi.

«Soboslai jamoada uzoq vaqt qolishiga umid qilaman. Men uni «Liverpul»ning bo'lajak sardori sifatida ko'ryapman», — dedi Jerrard chorshanba kuni «Enfild»da bo'lib o'tgan uchrashuv yakunlarini sarhisob qilar ekan.

Dominik Soboslai 2023 yildan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli vengriyalik futbolchi Arne Slot jamoasi safida barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 8 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ