logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lyakazett: «Agar «Arsenal» shunday o'ynashda davom etsa, bu mavsumda barcha sovrinlarni yutishi mumkin»

 19 MART, 2026, 12:18

«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Aleksandr Lyakazett «to'pchilar»ning o'yin uslubiga nisbatan aytilayotgan tanqidlarga o'z munosabatini bildirdi.

«Bir gap aytsam maylimi? Yaqinda «Arsenal»ning ikkita o'yinini kuzatdim — dam olish kunlari «Everton»ga qarshi va o'z uylarida «Bayer» bilan kechgan bahsni. Bu jamoa juda yuqori darajada o'yin ko'rsatmoqda. Himoyadagi tartibga, o'yin sur'atiga (intensivligiga), hujumdagi tajovuzkorlik va yarim himoyadagi kuchga e'tibor bering — ular maydonning har bir chizig'ida ishonchli ko'rinishmoqda. Agar ular shu uslubda o'ynashda davom etishsa, bu mavsumda barcha imkoni bo'lgan sovrinlarni yutish uchun real imkoniyatga ega bo'lishadi. Ularning o'yinini tomosha qilish menga zavq bag'ishlaydi», — dedi Lyakazett.

Ayni damda «Arsenal» 70 ochko jamg'argan holda Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «To'pchilar» ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Siti»ni to'qqiz ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq «shaharliklar» ixtiyorida bitta zaxira o'yini mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ