Virts "Liverpul"da rekord o'rnatdi
19 MART, 2026, 09:54
"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts klubning Chempionlar Ligasidagi rekordini o'rnatdi.
22 yoshli futbolchi "qizillar"ga "Galatasaroy"ni 4:0 hisobida mag'lub etishiga yordam berdi va bitta golli uzatma berdi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, Virts "Enfild"da turk jamoasiga qarshi o'yinda sakkizta golli vaziyat yaratdi - bu "Liverpul" rekordidir.
Joriy Chempionlar Ligasi mavsumida nemis futbolchisi bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
