logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Surxondaryoda dzyudo bo'yicha O'zbekiston Kubogi yakuniga etdi + FOTO

 19 MART, 2026, 09:32

Uch kun davomida Termiz shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida yoshlar o'rtasidagi mamlakat kubogiga mezbonlik qildi.

Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan jami 541 nafar dzyudochi belgilangan vazn toifalarida g'oliblik yo'lida bahs olib borishdi. Musobaqaning so'nggi kuni og'ir vaznlarda g'olib va sovrindorlar aniqlandi. 

Uch kunlik bellashuvlar yakunida Toshkent shahri jamoasi 4 ta oltin, 7 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Samarqand viloyati dzyudochilari 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka Surxondaryo viloyat jamoasi yakun yasadi. Mezbonlar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi.   


So'nggi kun g'olib va sovrindorlari:

-100 kg vazn toifasi

1. Jafar Jumaev (Samarqand)

2. Javohir Xaytaliev (Toshkent shahri)

3. Musurmonqul Ahrorov (Toshkent shahri)

3. Alisher Rasulov (Buxoro)


+100 kg vazn toifasi

1. Iskandar Mamayusupov (Surxondaryo)

2. Nursulton Nosirov (Qashqadaryo)

3. Samandar Yunusov (Andijon)

3. Muhammadjon Xurramov (Toshkent shahri)


QIZLAR

-78 kg vazn toifasi

1. Elnora Salimova (Samarqand)

2. Nafisa Asamatdinova (Toshkent shahri)

3. SHoira Aminova (Xorazm)

3. Nodira Eshpo'latova (Surxondaryo)


+78 kg vazn toifasi

1. CHaros Abdullaeva (Surxondaryo)

2. Dilbar Nazarova (Surxondaryo)

3. Yulianna SHubladze (Toshkent shahri)

3. Kamola Solieva (Xorazm)


\










Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ