logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Prevyu. «Andijon» – «Mash'al»

 19 MART, 2026, 06:48

Bugun “Bobur arena” stadionida «Andijon» chempionatning 4-tur doirasida Muborakning «Mash'al» klubini qabul qiladi.

Qizig'i, o'tgan yili ham chempionatning aynan 4-turida ushbu jamoalar “Bobur arena”da bellashishgan va 1:0 hisobida «Andijon»ning qo'li baland kelgan. Yagona gol Ilhom Abdug'anievning hisobiga yozilgan bo'lib, ayni paytda u endi «Mash'al» sharafini himoya qilmoqda. Shuningdek, o'tgan mavsumning ikkinchi davrasidagi o'yinda «Mash'al» 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

Ushbu klublarning ilk to'qnashuvi 1995 yildan boshlangan bo'lib, shu vaqtga qadar milliy chempionatda 36 marta to'qnash kelishgan.

«Mash'al»da 19, «Andijon» 12 g'alaba bor. 5 ta o'yin durang bilan yakun topgan. To'plar nisbati 40-50, muborakliklar foydasiga.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv soat 16:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ