logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL tarixidagi eng ko'p o'ynalgan juftlik: «Real» va «Bavariya» yana to'qnash keladi

 19 MART, 2026, 05:30

«Real» va «Bavariya» Chempionlar ligasida yana o'zaro to'qnash kelishadi.

Jamoalar chorak final bosqichida kuch sinashadigan bo'lishdi. O'yinlar 7/8 hamda 14/15 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Hozirgi vaqtga qadar madridliklar myunxenliklar bilan 28 bor to'qnash kelishgan — bu Chempionlar ligasi va Evropa chempionlar kubogi tarixidagi eng ko'p kuzatilgan qarama-qarshilikdir. Shu tariqa, aprel oyi o'rtalariga kelib ular o'rtasidagi o'yinlar soni 30 taga etadi.

«Real» shu kungacha «Bavariya»ni 13 bor mag'lub etgan va 11 marta imkoniyatni boy bergan, 4 ta o'yinda esa durang qayd etilgan. Umumiy to'plar nisbati — 45:42.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ