logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi faoliyatidagi 900-golini urdi (+Video)

 19 MART, 2026, 05:12

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi KONKAKAF Chempionlar kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan «Neshvill»ga qarshi javob uchrashuvida gol urdi. U bahsning 7-daqiqasidayoq hisobni ochdi.

38 yoshli argentinalik uchun ushbu gol professional faoliyatidagi 900-si bo'ldi: klub miqyosida 785 ta va terma jamoa miqyosida 115 ta gol. Ushbu natijaga erishish uchun unga 1142 ta o'yin kerak bo'ldi.

U Amerika klubi safida 93 ta o'yinda 81 ta gol urgan bo'lsa, «PSJ»da — 75 ta o'yinda 32 ta, «Barselona»da esa — 778 ta o'yinda 672 ta gol kiritgan. Argentina terma jamoasi safida esa 196 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Messi MLS klubiga 2023 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Oktyabr oyida u «Inter Mayami» bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ