«Liverpul» va «Galatasaroy» o'rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
19 MART, 2026, 05:06
«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai Chempionlar ligasi 1/8 finalining «Galatasaroy»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida (4:0) eng yaxshi o'yinchi deb topildi. Ushbu bahsda u bitta gol muallifiga aylandi.
«Soboslai hisobni ochdi, keyingi golda faol tashkilotchilik ko'rsatdi va maydon markazida asosiy figura bo'ldi. Ayniqsa, u jamoadoshlari bilan bog'lamlar hosil qilishda, pas uzatishda, kontrpressing, to'pni olib qo'yish va qaytgan to'plarga ega chiqishda yaqqol ajralib turdi», — deya ta'kidladi UEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.
Dastlabki o'yinda «Galatasaroy» 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Shu tariqa, ikki uchrashuv natijasiga ko'ra «Liverpul» Chempionlar ligasining chorak finaliga yo'l oldi va u erda «PSJ» bilan kuch sinashadi.
