logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. «Enfild»dagi yirik g'alaba: «Liverpul» «Galatasaroy»ni turnirdan chiqarib yubordi (Videosharh)

 19 MART, 2026, 04:54

«Liverpul» Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Galatasaroy» ustidan 4:0 hisobida yirik g'alabaga erishdi. O'yin Angliyadagi «Enfild» stadionida bo'lib o'tdi.

Ingliz jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai 25-daqiqada hisobni ochdi. Birinchi bo'lim yakunida hujumchi Muhammad Saloh penaltini aniq amalga oshira olmadi. Ikkinchi bo'lim boshida maydon egalari bir daqiqa ichida ikkita gol urishdi — Yugo Ekitike va Rayan Gravenberx o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. 56-daqiqada VAR «qizillar»ning to'rtinchi golini bekor qildi, biroq 62-daqiqada Saloh baribir hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi.

Dastlabki bahsda «Galatasaroy» 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Shu tariqa, ikki o'yin natijasiga ko'ra «Liverpul» Chempionlar ligasining chorak finaliga yo'l oldi va u erda «PSJ» bilan kuch sinashadi.

Chempionlar ligasi. 1/8 final
19.03.2026 | 01:00
«Enfild», Liverpul

«LIVERPUL'» — «GALATASAROY» — 4:0
Gollar: Dominik Soboslai 25 (1:0), Yugo Ekitike 51 (2:0), Rayan Gravenberx 53 (3:0), Muhammad Saloh 62 (4:0).

Amalga oshirilmagan penalti: Muhammad Saloh 45+4 («Liverpul»).

Birinchi o'yin: 0:1.

«Liverpul»: Alisson, van Deyk, Konate, Kerkez, Frimpong (Djons, 67), Gravenberx (Noni, 89), Virts (Keza, 89), Soboslai, Makallister, Saloh (Gakpo, 74), Ekitike (Ngumoxa, 89).

«Galatasaroy»: Ugurdjan Chakiir, Abdyulkerim Bardakji (Eren Elmali, 73), Singo, Yakobs, Boe (Sane, 46), Torreyra (Yunus Akgyun, 60), Lemina, Sara, Barish Yilmaz, Sholloi, Osimxen (Lang, 46, Ikardi, 80).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ