Chempionlar ligasi: Chorak finalning barcha ishtirokchilari va o'yinlar ro'yxati ma'lum bo'ldi
19 MART, 2026, 04:54
Chorshanba, 18 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining so'nggi javob uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Shu tariqa, turnirning keyingi bosqichiga yo'l olgan barcha klublar nomi ma'lum bo'ldi.
«Liverpul» «Galatasaroy»ni tor-mor etdi (0:1 va 4:0), «Bavariya» «Atalanta» ustidan yirik g'alabaga erishdi (6:1 va 4:1), «Atletiko» «Tottenxem» to'sig'idan o'tdi (5:2 va 2:3), «Barselona» esa «Nyukasl»ni mag'lub etdi (7:2 va 1:1).
Avvalroq chorak final yo'llanmasini «PSJ», «Real», «Arsenal» va «Sporting» jamoalari qo'lga kiritgan edi. Ushbu bosqich o'yinlari 7–8 hamda 14–15 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
Chempionlar ligasi 1/4 final juftliklari:
«PSJ» — «Liverpul»
«Real» — «Bavariya»
«Barselona» — «Atletiko»
«Sporting» — «Arsenal»

