logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. «Tottenxem»ning irodali g'alabasi chorak final uchun etarli bo'lmadi: «Atletiko» keyingi bosqichda (Videosharh)

 19 MART, 2026, 04:48

«Tottenxem» Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Atletiko» ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi. O'yin Londonda bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida London jamoasi hujumchisi Randal Kolo-Muani hisobni ochdi. Uning goli birinchi bo'limda yagonaligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo'lim boshida mehmonlar hujumchisi Xulian Alvares muvozanatni tikladi, biroq ko'p o'tmay yarim himoyachi Xavi Simons maydon egalarini yana oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada Madrid klubi himoyachisi David Gantsko hisobni tenglashtirdi. «Shporlar» o'yin yakunida Simons tomonidan aniq amalga oshirilgan penalti evaziga g'alabani ilib ketishdi.

Dastlabki bahsda «Atletiko» 5:2 hisobida zafar quchgan edi. Shu sababli, ikki o'yin natijasiga ko'ra Madrid klubi chorak finalga yo'l oldi va u erda «Barselona» bilan to'qnashadi.

Chempionlar ligasi. 1/8 final
19.03.2026 | 01:00
«Tottenxem Xotspur Stedium», London

«TOTTENXEM» — «ATLETIKO» — 3:2
Gollar: Randal Kolo Muani 30 (1:0), Xulian Alvares 47 (1:1), Xavi Simons 52 (2:1), David Gantsko 75 (2:2), Xavi Simons 90+1-pen (3:2).

Birinchi o'yin: 2:5.

«Tottenxem»: Vikario, Romero (Danso, 81), van de Ven, Spens, Dregushin (Udodji, 66), Grey (Gallaxer, 81), Sarr, Xavi Simons, Tel (Olusesi, 81), Porro (Bergvall, 74), Kolo Muani.

«Atletiko»: Musso, Gantsko, Le Norman, Rudjeri, Molina (Koke, 64), Kardozo, Lorente, Lukman (Serlot, 64), Simeone (Ximenes, 87), Grizmann (Baena, 84), Alvares (Gonsales, 84).

Ogohlantirishlar: Porro (57), Vikario (58), Romero (70), Udodji (72) — Rudjeri (28), Lukman (56), Serlot (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ