logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. «Bavariya» yana «Atalanta»ni yirik hisobda mag'lub etdi (Videosharh)

 19 MART, 2026, 04:42

«Bavariya» Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Atalanta» ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yin Myunxendagi «Alyants Arena» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida hujumchi Xarri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida u dublni rasmiylashtirdi. Ko'p o'tmay, Luis Diasning uzatmasidan so'ng Lennart Karl gol urdi, 70-daqiqada esa Karlning o'zi Diasga golli uzatma etkazib berdi. Bahs yakunida mehmonlar bitta javob to'pini kiritishdi — Lazar Samardjich o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Dastlabki o'yinda ham «Bavariya» 6:1 hisobida zafar quchgan edi. Shu tariqa, ikki o'yin natijasiga ko'ra Myunxen klubi Chempionlar ligasining chorak finaliga yo'l oldi va u erda «Real» bilan kuch sinashadi.

Chempionlar ligasi. 1/8 final
19.03.2026 | 01:00
«Alyants Arena», Myunxen

«BAVARIYa» — «ATALANTA» — 4:1
Gollar: Harri Keyn 25-pen (1:0), Harri Keyn 54 (2:0), Karl 56 (3:0), Dias 70 (4:0), Lazar Samardjich 85 (4:1).

Birinchi o'yin: 6:1.

«Bavariya»: Urbig, Kim Min Dje, Ta, Bishof (Pavich, 72), Stanishich (Gnabri, 72), Goretska, Pavlovich (Ofli, 55), Rafael Gerreyru (Ito, 83), Dias, Karl, Keyn (Jekson, 72).

«Atalanta»: Sportello, Xin, Skalvini (Axanor, 83), Kossunu, Pashalich, Ederson (Samardjich, 57), Bernaskoni, Bellanova, Sulemana (Raspadori, 71), De Ketelare (de Ron, 57), Skamakka (Krstovich, 71).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ