109 ta gol! Levandovski Messi va Ronaldu ta'qibini davom ettirmoqda
19 MART, 2026, 01:12
Robert Levandovski «Nyukasl»ga qarshi kechgan bahsda dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi. «Barselona» hujumchisi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi uchrashuvning 56 va 61-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Endilikda polyak futbolchisining ushbu turnirdagi gollari soni 109 taga etdi. U EChL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bu borada u faqat Lionel Messi (129 ta gol) va Krishtianu Ronaldudan (saralash bosqichini hisobga olmaganda 140 ta, saralash bilan birga 141 ta gol) ortda qolmoqda.
EChL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (Top-5): O'rin Futbolchi Gollar soni 1 Krishtianu Ronaldu 140 2 Lionel Messi 129 3 Robert Levandovski 109 4 Karim Benzema 90 5 Raul Gonsales 71