logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ayollar futboli tarixidagi eng yirik shartnoma imzolandi

 18 MART, 2026, 19:18

Katarina Makariu «Chelsi»dan «San-Diego Ueyv» klubiga o'tib, ayollar futboli tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi.

AQSh terma jamoasi hujumchisining klub bilan kelishuvi 2030 yil yakuniga qadar mo'ljallangan. ESPN nashrining xabar berishicha, Makariu taxminan 8 million dollar ishlab topadi, bu esa uning shartnomasini ayollar futboli tarixidagi eng yirigiga aylantiradi.

Qayd etilishicha, futbolchining transfer summasi 300 ming dollarni tashkil etgan.

Hozirgi vaqtda dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi sobiq basketbolchi Dennis Rodmanning qizi — Triniti Rodman hisoblanadi. U «Vashington» bilan shartnomasini uzaytirgandan so'ng, bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 2 million dollar maosh oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ