logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe «Real»ning EChL chorak finaliga chiqqanidan so'ng post joyladi

 18 MART, 2026, 19:12

«Real» «Manchester Siti»ni ikki bor mag'lub etib (o'z uyida 3:0, safarda 2:1), Chempionlar ligasining chorak finaliga yo'l oldi. Javob o'yinidan so'ng Madrid jamoasining yulduz hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.

«Chorak finalda ko'rishguncha. Xala Madrid!» — deb yozdi Mbappe.

«Manchester Siti»ga qarshi kechgan safar o'yinida Kilian Mbappe zaxiradan maydonga tushdi va 21 daqiqa (+ hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqt) harakat qildi. Bungacha frantsiyalik yulduz tizzasidagi muammo sababli oxirgi beshta o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

Katta ehtimol bilan, «Real» Chempionlar ligasi chorak finalida «Bavariya»ga qarshi o'ynaydi. Myunxenliklar 1/8 finalning «Atalanta»ga qarshi dastlabki bahsida safarda 6:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

«Real» navbatdagi o'yinini yakshanba kuni, 22 martda La Liga doirasida «Atletiko»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ