logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola qachon kelajagi bo'yicha qaror qabul qilishi ma'lum bo'ldi

 18 MART, 2026, 19:00

Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Shu bilan birga, ispaniyalik mutaxassis o'n mavsum ishlab bo'lgach, shu yozdayoq klubni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi.

Oldinda «Manchester Siti»ni «Arsenal»ga qarshi Liga Kubogi finali kutmoqda. «Uembli» stadionidagi sovrin uchun bahs 22 mart kuni bo'lib o'tadi. Daily Mail nashri xabariga ko'ra, ushbu o'yindan so'ng, mart oyidagi xalqaro tanaffus vaqtida Gvardiola barchasini o'ylab ko'radi va kelajagi borasida bir qarorga keladi. Shundan so'ng, Xosep o'z qarorini klub sport direktori — Ugu Vianuga ma'lum qilishi kerak.

Qayd etilishicha, «Manchester Siti» allaqachon 1 yanvar kuni «Chelsi»dan bo'shatilgan Entso Mareska bilan norasmiy aloqaga chiqqan. Mareska avvalroq Gvardiola shtabida faoliyat yuritgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ