logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kamilla Rahimova "laki-luzer" sifatida asosiy to'rga qo'yildi, bugun u 1/64 finalda kortga chiqadi

 18 MART, 2026, 18:16

AQSHning Mayami shahrida davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 mln 415 ming 725 dollarni tashkil qiluvchi nufuzli turnirda bugun asosiy to'r bahslari start oladi.

Musobaqaning saralash bahslari final uchrashuvida mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova dunyoning 68-raketkasi, avstraliyalik 21 yoshli Talia Gibsonga 3/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

Qizig'i, vakilamiz saralash bahslarining "laki-luzer", yani omadsiz omadli sifatida asosiy to'rga qo'yildi. Bugun Rahimova 1/64 final bosqich uchrashuvida argentinalik Solana Sierraga qarshi kortga chiqadi.    

Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 82, Sierra 63-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo'ladi va bizning vaqt bilan soat 23:00da boshlanadi. SHu yilning 13 fevral kuni Dubayda o'tkazilgan turnirning saralash bahslarida Rahimova Solanani mag'lubiyatga uchratgan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ