logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tchuameni Braim Diasning Afrika kubogidagi "g'alabasi"ga munosabat bildirdi

 18 MART, 2026, 16:30

«Real» yarim himoyachisi Orelen Tchuameni Marokash terma jamoasiga «Afrika Kubogi—2026» g'olibligi berilishi haqidagi qarorga munosabat bildirdi.

Afrika futbol konfederatsiyasi Marokashning apellyatsiyasini qanoatlantirganini va Senegal terma jamoasiga finalda «0:3» hisobidagi texnik mag'lubiyat yozganini e'lon qildi. Bunga 98-daqiqada «Real» yarim himoyachisi Braim Diasga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan penaltidan so'ng, senegalliklarning maydonni tark etgani sabab bo'lgan.

O'yin faqat 13 daqiqadan so'ng qayta tiklangan — Braim penaltini golga aylantira olmagan — va bahs senegalliklarning g'alabasi («1:0») bilan yakunlangan edi.

«Rostini aytsam, nima deyishni ham bilmayman. Braim albatta juda xursand bo'ladi (kuladi), lekin bu nima sababdan yuz berganini yoki nima xato bo'lganini tushunmayapman. Ammo agar Braim haqiqatan ham Afrika chempioniga aylangan bo'lsa, biz butun jamoa bo'lib unga sovg'a tayyorlaymiz», — dedi Tchuameni.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ