Senegal Afrika Kubogi—2026 finalidagi qaror yuzasidan CAS’ga shikoyat qilmoqchi
18 MART, 2026, 16:18
Senegal futbol federatsiyasi Afrika futbol konfederatsiyasining Marokash terma jamoasini «Afrika Kubogi—2026» g'olibi deb e'lon qilish haqidagi qarori yuzasidan Sport arbitraj sudiga (CAS) apellyatsiya berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Ushbu qaror ustidan 10 kun ichida CAS’ga shikoyat qilish mumkin.
Afrika futbol konfederatsiyasi Marokashning apellyatsiyasini qanoatlantirdi va Senegal terma jamoasiga finalda «0:3» hisobidagi texnik mag'lubiyat yozdi. Bunga 98-daqiqada Braim Diasga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan penaltidan so'ng, senegalliklarning maydonni tark etgani sabab bo'lgan.
O'yin faqat 13 daqiqadan so'ng qayta tiklandi — Braim penaltidan unumli foydalana olmadi — va bahs senegalliklarning g'alabasi («1:0») bilan yakunlangan edi.
