logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rus sharhlovchisi Abduqodir Husanovning harakatlariga yuqori baho berdi

 18 MART, 2026, 14:54

Sport sharhlovchisi Denis Alxazov "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning Chempionlar ligasi doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi o'yindagi harakatlariga baho berdi.

"U bevosita himoyalanish harakatlari bo'yicha maydondagi eng yaxshilardan biri bo'ldi. Bunday harakatlar Gvardiola jamoasida doim ham talab etilavermaydi, lekin ularsiz iloji yo'q. Ayniqsa, mana shunday darajadagi o'yinlarda", — deya Alxazovning so'zlarini keltiradi Chempionat nashri.

Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida "Manchester Siti" o'z uyida "Real"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va umumiy 1:5 hisobi bilan musobaqani tark etdi.

Joriy mavsumda 22 yoshli Husanov barcha turnirlarda 28 ta o'yin o'tkazdi va hozircha samarali harakatlarni amalga oshirgani yo'q.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ