logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" xavotirda: 10 minglab "Nyukasl" muxlislari Ispaniyaga yopirilib kelishdi

 18 MART, 2026, 14:48

"Barselona" UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi o'yin uchun Ispaniyaga etib kelgan Angliyaning "Nyukasl" klubi muxlislari soni juda ko'pligidan xavotir bildirdi. Barselonaga 10 000 dan ortiq fanat kelishi kutilmoqda, biroq ularning faqat 3 000 nafarida o'yin uchun chipta bor, deb xabar bermoqda sport.es.

"Qarg'alar" (Nyukasl laqabi) muxlislarining katta qismi stadion ichiga kirish imkoniyatisiz tashqarida qolib ketishi mumkin, bu esa xavfsizlik bo'yicha xavotirlarni keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan "Barselona" chiptalar nazoratini kuchaytirdi va chiptasi bo'lmagan "Nyukasl" ishqibozlarini stadiondan uzoqroq turishga chaqirdi, chunki chiptalarni joyida sotib olishning iloji yo'q.

Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Barselona" va "Nyukasl" o'rtasidagi javob uchrashuvining ilk hushtagi 18 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da chalinadi. Birinchi o'yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ