Arteta «Real» yulduzini «Arsenal»da ko'rmoqchi
18 MART, 2026, 13:00
«Arsenal» «Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb yozadi fichajes.net.
Xabar qilinishicha, London jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibda rotatsiyani amalga oshirish uchun yarim himoya chizig'ida bir nechta yuqori darajali ijrochilarga ega bo'lishni istamoqda.
Manbaning yozishicha, «Arsenal» rahbariyati Kamavinganing kelishi yarim himoya chizig'iga rang-baranglik olib keladi deb hisoblaydi.
Yaqinda jurnalist Matteo Moretto agar klubga futbolchi uchun 50 million evrodan ko'proq taklif tushsa, «Real» Kamavingani sotish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkinligini ma'lum qilgan edi.
Frantsiyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
