Neyt Diaz qaytmoqda! U Ngannu bilan bir oqshomda jang qiladi + POSTER
18 MART, 2026, 13:00
UFC chempionligi uchun sobiq davogar Neyt Diaz oktagonga qaytmoqda.U bizning vaqt bilan 17 may tongida AQSHning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahridagi Intuit Dome arenasida bo'lib o'tadigan MVP turnirida Mayk Perriga qarshi bahs olib boradi.
Liga matbuot xizmatining malumotlariga ko'ra, jang 77,3 kg vazn toifasida 5 raunddan iborat bo'ladi.
40 yoshli Neyt Diazning professional rekordi 21 ta g'alaba va 13 ta mag'lubiyatdan iborat. 34 yashar Perri hisobida esa 14 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor.

Manba: olamsport.com
