logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot Isakning holati haqida ma'lumot berdi

 18 MART, 2026, 12:42

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Aleksandr Isakning sog'lig'i borasida to'xtalib o'tdi. Shvetsiyalik futbolchi maydonda individual mashg'ulotlarni boshladi. Isak uch oy oldin — dekabr oyi oxirida jarohat olgan edi.

«Isak ertangi o'yinda maydonga tushishga tayyor emas, lekin uning maydonda mashg'ulot o'tkazayotgani safga qaytishga tobora yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Hozircha aniq muddatlar yo'q — Aleks shanba kungi o'yinda ham ishtirok etmaydi. Toki jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazmas ekansan, o'ynashga tayyor bo'lmaysan. Individual ishlardan so'ng jamoaviy mashg'ulotlarga, undan keyin esa o'yinlarga o'tish kerak», — dedi Slot matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, «Liverpul» chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida o'z uyida «Galatasaroy»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ