logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis «Manchester Yunayted» nishonida

 18 MART, 2026, 12:36

«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin.

Ekrem Konur bergan ma'lumotlarga ko'ra, yozgi transfer oynasi arafasida «Manchester Yunayted» kandalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» himoyachining transferi uchun taxminan 92 million evro to'lashga tayyor.

Alfonso Devis 2019 yilda «Vankuver»dan «Bavariya»ga 14 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 13 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Devisning kam o'yin o'tkazgani uning tez-tez jarohat olishi bilan bog'liq. Hozirda 25 yoshli futbolchi son mushaklari cho'zilishidan keyin tiklanish jarayonini o'tamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ