«Yosh — bu shunchaki raqam»: 35 yoshli Tripper «Barselona» bilan bahs oldidan o'z holati haqida gapirdi
18 MART, 2026, 12:30
35 yoshli yarim himoyachi Kiran Tripper o'z kelajagi borasida to'xtalib o'tdi. «Nyukasl» bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadigan futbolchi 18 mart kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi doirasidagi «Barselona»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida jurnalistlar bilan muloqot qildi.
Jamoada qolishni istaysizmi, degan savolga Tripper aniq javob berishdan qochdi.
«Men bu haqda o'ylayotganim yo'q, hozir xayolim ertangi o'yinda. Yaqin bir-ikki hafta ichida murabbiy bilan, albatta, gaplashib olamiz. Lekin hozircha keling, ertangi kun masalasini hal qilaylik. Yaxshi o'yin ko'rsataylik va bor e'tiborimizni nafaqat o'zimizga, balki jamoaga qarataylik», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi Newcastle World.
«Menimcha, hozirgi kunda to'g'ri ovqatlanish, ilmiy yondashuv va o'zingizga bo'lgan e'tibor tufayli yosh — bu shunchaki raqam. Shaxsan men o'zimni yaxshi his qilyapman va ajoyib sport formasidaman», — deya qo'shimcha qildi Tripper.
Joriy mavsumda u klub miqyosida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 4 ta sariq kartochka oldi.
