logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta «Sporting»ning «Budyo-Glimt» ustidan qozongan g'alabasiga munosabat bildirdi

 18 MART, 2026, 12:12

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasining 1/4 finalida to'qnash keladigan raqibi — Lissabonning «Sporting» jamoasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Kanonirlar» 1/8 final bosqichida Leverkuzenning «Bayer» jamoasini javob uchrashuvidagi g'alaba (2:0) evaziga umumiy 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Bir necha soat oldin esa «Sporting» Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubiga qarshi bahsda dastlabki o'yindagi 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z uyida 5:0 hisobida g'alaba qozonib, grandioz kambekni amalga oshirgan edi.

«Sportning» bilan avvalgi uchrashuvimizga [2024 yil noyabridagi 5:1 hisobidagi g'alaba] qiyoslaganda, bizni mutlaqo boshqacha o'yin kutmoqda. Men ularning o'yinidagi birinchi bo'limni tomosha qildim — bu yuqori darajadagi jamoa. Bizga juda qiyin bo'ladi», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Chempionlar ligasining chorak final o'yinlari 7-8 va 14-15 aprel kunlariga rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ