logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius Neymarning terma jamoadan chetda qolganiga munosabat bildirdi

 18 MART, 2026, 12:12

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorga Neymarning Braziliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmagani borasida savol berildi.

«Santos» hujumchisi bosh murabbiy Karlo Anchelotti yaqinda e'lon qilgan «pentakampeonlar»ning mart oyidagi o'rtoqlik o'yinlari uchun qaydnomasidan joy olmadi.

«Murabbiy Neymardan nimani xohlayotganini juda aniq tushunib turibdi. Men Anchelottining ishiga aralasha olmayman, lekin hammamiz Neymar nimalarga qodirligini juda yaxshi bilamiz. Agar u yordam berishga tayyor bo'lsa, terma jamoaga chaqirilishini bilamiz», — deya Vinisiusning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.

Braziliya terma jamoasi 26 va 31 mart kunlari mos ravishda Frantsiya hamda Xorvatiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ