Gvardiola uchun qaysi klub eng ko'p "boshog'riq" bo'lgan?
18 MART, 2026, 11:00
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi eng qiyin raqibi qaysi klub bo'lganini aytdi.
U bu "Real Madrid" emasligini ta'kidladi.
"Men "Los Blankos"ni murabbiylik faoliyatimdagi eng qiyin raqib bo'lgan deb ayta olmayman. Mening eng kuchli raqibim Kloppning "Liverpul"i edi. Bu ajoyib tajriba bo'ldi", dedi Gvardiola.
