logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xoland «Manchester Siti» safida qatorasiga to'rtinchi bor 30 ta gollik dovonni zabt etdi

 18 MART, 2026, 04:12

Erling Xoland qatorasiga to'rtinchi mavsum «Manchester Siti» safida 30 ta gol urdi.

Norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida (1:2) klub uchun joriy mavsumdagi 30-golini kiritdi. Xoland barcha turnirlarni hisobga olsak, «Man Siti» safida 42 ta o'yin o'tkazdi.

Xoland «shaharliklar» tarkibidagi to'rttala mavsumining har birida ushbu ko'rsatkichdan o'tishga muvaffaq bo'ldi — bundan avval Xoland 2024/25 yilgi mavsumda 34 ta gol, 2023/24 yilgi mavsumda 38 ta gol va 2022/23 yilgi mavsumda 52 ta gol muallifiga aylangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ