Rosenor boshchiligidagi «Chelsi» antirekord qayd etdi
18 MART, 2026, 04:06
«Chelsi» o'z tarixida ilk bor ikki o'yin natijasiga ko'ra 8 ta gol o'tkazib yubordi.
Liem Rosenor qo'l ostidagi jamoa Chempionlar ligasi 1/8 finalida «PSJ»ga umumiy 2:8 (2:5, 0:3) hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.
Bunga qadar «Chelsi» na ichki turnirlarda va na Evrokuboklarda ikki o'yinlik qarama-qarshiliklarda hech qachon o'z darvozasidan 8 ta to'p olib chiqmagan edi.
