logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi»da barqarorlik yo'qoldi: Yangi xo'jayinlar davrida EChLdagi natijalar pasaymoqda

 18 MART, 2026, 03:42

«Chelsi» klub xo'jayini almashganidan keyingi to'rtta mavsumning faqat bittasida Chempionlar ligasining chorak finaliga qadar etib bora oldi xolos.

Liem Rosenor jamoasi bugun o'z maydonida «PSJ»dan yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi (0:3) va 1/8 final bosqichida turnirni tark etdi.

Roman Abramovich London klubini 2021/22 yilgi mavsum yakunida sotgan edi — o'sha mavsumda «ko'klar» chorak finalgacha etib borishgan. 2021 yilda esa ular turnir g'olibiga aylanishgan edi.

Todd Bouli davridagi ilk mavsumda «Chelsi» yana chorak finalga chiqdi, biroq keyingi ikkita mavsumni umuman o'tkazib yubordi. Joriy mavsumdagi yurish esa 1/8 final bosqichida nihoyasiga etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ