Gvardiola so'nggi 10 mavsumda 1 marta EChLda g'olib chiqdi
18 MART, 2026, 03:30
Pep Gvardiola «Manchester Siti»ni boshqargan 10 mavsum davomida jamoani Chempionlar ligasida faqat bir marta g'alabaga etaklab keldi.
Bugun «shaharliklar» turnirning 1/8 final bosqichida «Real» to'sig'idan o'ta olmay (0:3, 1:2), musobaqani tark etishdi.
Ispaniyalik mutaxassis ingliz klubini 2016 yilda qabul qilib olgan edi. Uning qo'l ostida «Siti» 2023 yilda EChL g'olibiga aylandi va 2021 yilda finalga qadar etib bordi.
Jamoa bir marta yarim finalda, to'rt marta chorak finalda, ikki marta 1/8 finalda imkoniyatni boy bergan bo'lsa, yana bir bor saralash (pley-off) bosqichida musobaqa bilan xayrlashgan.
Eslatib o'tamiz, Pep «Barselona»dagi 4 mavsumi davomida 2 marta EChLda g'olib chiqqan. «Bavariya»dagi 3 mavsumda esa ushbu turnirda zafar qucha olmagan.
