logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Atletiko"ga Alvares o'rniga "Marsel" yulduzi kelishi kutilmoqda

 17 MART, 2026, 22:24

Hujumchi Xulian Alvares yozgi transfer oynasida "Atletiko"ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Grem Beyli bergan ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik futbolchiga ko'plab Evropa top-klublari qiziqish bildirmoqda, futbolchining o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emas. "Matraschilar" esa allaqachon Alvaresga o'rinbosar tanlab bo'lishgan. Madrid klubi "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni sotib olishni ko'zlamoqda.

Meyson Grinvud 2024 yilda "Manchester Yunayted"dan "Marsel"ga 26 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi "provansalliklar" safida barcha turnirlarda 38 ta o'yin o'tkazib, 25 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ