"Manchester Yunayted" olmoqchi bo'lgan futbolchining narxi 115 milliondan 80 million evrogacha pasaytirildi
17 MART, 2026, 22:12
"Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba Evropaning top-klublari e'tiborida qolishda davom etmoqda.
TEAMtalk nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Brayton" o'z futbolchisi uchun so'ralayotgan summani 115 million evrodan taxminan 80 million evrogacha tushirishga tayyor. Bundan avval kamerunlik futbolchini qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogar "Manchester Yunayted" bo'lib turgan edi. "Brayton"ning bunday pozitsiyasi 22 yoshli futbolchining Manchester klubiga o'tishi uchun yo'l ochib berishi mumkin.
Karlos Baleba 2023 yilda "Lill"dan "Brayton"ga 27 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "chaykalar" safida barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.
