logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tudor "Atletiko"ga qarshi kambek haqida: "Bu qiyin, ammo imkonsiz emas"

 17 MART, 2026, 21:48

"Tottenxem" bosh murabbiyi Igor Tudor Chempionlar Ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida "shporlar"ning Madridning "Atletiko"siga qarshi kambek qilish imkoniyatlarini baholadi. 10 mart kuni "matraschilar"ning uy stadionida bo'lib o'tgan dastlabki bahs "Atletiko"ning 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

"Bu qiyin, lekin imkonsiz emas. Biz imkon qadar uzoqroq o'yinda qolishimiz kerak. Shuning uchun buni uddalay olishimizga ishoning. Ishonch — eng boshidanoq eng muhim jihatdir", — deya Tudorning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" va "Atletiko" o'rtasidagi javob uchrashuvi ertaga, 18 mart kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ