logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

The Athletic jurnalisti Husanov nega eng kam baholanadigan futbolchilar qatoriga kiritilganini tushuntirdi

 17 MART, 2026, 17:36

The New York Times nashrining sport ilovasi The Athletic yaxshi o'yin ko'rsatayotgan, lekin muxlislar va mutaxassislar orasida, mediada etarlicha qadrlanmaydigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ularning orasida Abduqodir Husanov ham o'rin olgan.

Ro'yxatda Federiko Valverde, Xarri Keyn, Bernardu Silva, Maykl Olise va Joau Nevesh kabi yulduzlar ham bor.

Maqolaning Husanov haqidagi qismini yozgan Sem Li uning ro'yxatga kiritilishini quyidagicha izohladi:

«Ehtimol, u dunyodagi eng past baholangan futbolchi emasdir, ammo uning o'tgan mavsumda «Chelsi»ga qarshi o'yindagi falokatli debyuti — golga sabab bo'lib qolgani va dastlabki 20 daqiqada butunlay sarosimaga tushib qolgani — ko'pchilikni o'zbekistonlik markaziy himoyachi umidsiz futbolchi deb o'ylashga sabab bo'lgandi. Ammo oradan ko'p o'tmay Husanov vaziyatni to'g'rilay boshladi, «Man Siti» uni bekorga sotib olmaganini isbotlay boshladi.

Bu mavsumda esa u yanada yaxshiroq o'ynamoqda. 22 yoshida u haqiqiy javohirni eslatadi. Chunki u «Man Siti»ga o'tishdan oldin top-chempionatlarda to'liq bo'lmagan ikki mavsum o'tkazgan. U aql bovar qilmaydigan tezlikka ega, shuningdek, himoyaviy vaziyatlarni o'qishi va to'p uchun agressiv kurashish qobiliyatiga ega. Ba'zida u juda tajovuzkor ko'rinadi, lekin bu tuzatish mumkin bo'lgan yoshlikdagi go'rliklardan. U to'p bilan muomala qilishni ham yaxshi biladi. Husanov haqiqatan ham istiqbolli futbolchi».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ