logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Roma" futbolchisining uyiga qurolli hujum uyushtirildi

 17 MART, 2026, 17:18

Italiyaning "Roma" klubi sharafini himoya qilayotgan marokashlik yarim himoyachi Neyl El-Aynaui qurolli hujum natijasida o'z mulkining bir qismidan ayrildi. Bu haqda ANSA agentligi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, tunda niqob taqqan olti kishidan iborat jinoiy guruh futbolchining Rimning Kastel-Fuzano tumanidagi uyiga bostirib kirgan. Bosqinchilar mehmonxona derazasi orqali ichkariga kirib, 24 yoshli futbolchi, uning onasi, sevgan qizi, akasi va akasining sevgan qizini bir xonaga qamab qo'yishgan. Shundan so'ng ular qimmatbaho buyumlarni qidirishga tushishgan.

Qonunbuzarlar futbolchining uyidan qiymati taxminan 10 000 evrolik zargarlik buyumlari, Rolex soati va dizaynerlik sumkalarini olib chiqib ketishgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ