Alvares «Atletiko»dagi rejalarini aytdi
17 MART, 2026, 14:00
«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares o'z kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
«10 yildan keyin, 35 yoshga to'lganimda, o'zimni ko'proq etakchi va faxriy futbolchi rolida tasavvur qilaman. Xuddi bugungi Oblak, Koke yoki Grizmann kabi... Men ularda sardorlik vazifasini bajarayotgan o'zimning kelajakdagi aksimni ko'rgandek bo'laman», — dedi Alvares La Liga uchun tayyorlangan videorolikda.
Argentinalik futbolchi 2024 yildan buyon Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. 26 yoshli o'yinchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
