logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta Timber va Ben Uaytning «Bayer»ga qarshi o'yindagi ishtiroki haqida gapirdi

 17 MART, 2026, 13:36

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida himoyachilar — Yurren Timber va Ben Uaytning holati haqidagi savollarga javob berdi. Ma'lumki, Timber Premer-liga doirasidagi «Everton»ga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

«Timberning jarohatiga kelsak, bu bir necha kunlik masala. Uning o'yinga tayyor ekanligiga ishonchim komil emas. Bizga hozir hamma safda bo'lishi juda muhim. Ben Uayt bizga nima berishini yaxshi bilamiz. U bugun mashg'ulotlarda qatnashdi, shunday ekan, hammasi joyida. Har bir futbolchining jamoaga qo'shadigan hissasi biz uchun ahamiyatli», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Seshanba, 17 mart kuni «Arsenal» o'z maydonida Chempionlar Ligasi doirasida «Bayer»ni qabul qiladi. Jamoalarning Germaniyadagi ilk uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ