logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ryudiger «Real» bilan yangi shartnoma imzolashga sha'ma qildi

 17 MART, 2026, 13:18

«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger o'z kelajagi mavzusida to'xtalib o'tdi. Germaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi shu yozda o'z nihoyasiga etadi.

«Men uchun eng muhimi — sog'lom bo'lish. O'zimni yaxshi his qilyapman. Qolgan masalalarga kelsak... Ishonchim komilki, biz o'zaro kelishuvga erishamiz. Hozir bu haqda gapiradigan vaqt emas.

Bu erda o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Odamlarning menga bo'lgan hurmatini sezyapman va buni yuqori baholayman. Ba'zida faqat hissiyotlarga berilmaslik kerak, bu bizning ishimiz ekanini ham hisobga olish lozim. Ammo menga «Real»da o'ynash juda yoqadi», — dedi Ryudiger matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, bahor boshida Antonio Ryudiger 33 yoshni qarshi oldi. Germaniyalik himoyachi 2022 yilning yozida «Chelsi»dan transfer qilinganidan buyon «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ