ACA Ligasi Toshkentdagi ilk turnirini qachon o'tkazadi?
17 MART, 2026, 13:00
Aralash yakka kurash bo'yicha Rossiyaning Absolute Championship Akhmat Ligasi poytaxtimizda o'tkazadigan musobaqa tafsilotlarini malum qildi.Unga ko'ra, "Humo Arena" mezbonlik qiladigan ACA 203 turniri 8 may kuni bo'lib o'tadi. Hozircha turnir kardidan o'rin olgan janglar elon qilinganicha yo'q.
SHu tariqa, aprel va may oylarida o'zbekistonlik MMA muxlislari ketma-ket 3 ta yirik turnir guvohiga aylanadigan bo'lishdi:
2 aprel: Octagon 85
25 aprel: Mangu 2
8 may: ACA 203.
Har uchchala turnir "Humo Arena"da o'tkaziladi.
Manba: olamsport.com
