logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Seru Girassi «Barselona»ga o'tishi mumkin: Transfer tafsilotlari ma'lum bo'ldi

 17 MART, 2026, 12:30

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin. Futbolchiga «Barselona» qiziqish bildirmoqda, deb yozadi fichajes.net nashri.

Ta'kidlanishicha, ushbu transferdan kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik shaxsan manfaatdor. Germaniyalik mutaxassis Girassi jamoada kelayotgan yozda ketishga yaqin turgan polshalik Robert Levandovskining o'rnini bosa olishiga ishonmoqda.

Girassiga, shuningdek, «Tottenxem» ham da'vogarlik qilmoqda. London klubi vakillari 30 yoshli gvineyalik futbolchining o'yinini shaxsan kuzatib borishgan.

Hujumchining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali Girassini 40 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda hujumchi Bundesligada 25 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ