logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romano «Arsenal»ning Xvicha Kvaratsxeliyani sotib olish imkoniyatini baholadi

 17 MART, 2026, 12:12

Nufuzli futbol insayderi Fabritsio Romano «PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning Londonning «Arsenal» klubiga ehtimoliy transferi haqida o'z fikrini bildirdi.

«Xvichaning «Arsenal»ga transferi bo'yicha savollar bor. «Kanonirlar» uni yozda sotib olishlari amrimahol, chunki «PSJ»da gruziyalik futbolchini «daxlsiz» deb hisoblashmoqda. Londonliklar Kvaratsxeliyani aniq qo'lga kirita olishmaydi. Parijliklar bu futbolchini jamoada olib qolishadi», — deya insayderning so'zlarini keltirmoqda Teamtalk nashri.

Eslatib o'tamiz, gruziyalik vinger o'tgan yilning yanvar oyidan beri Frantsiya jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Joriy mavsumda Kvaratsxeliya 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Xvicha o'z hisobiga 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ