«Arsenal» himoyachisi mavsum yakuni oldidan o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi
17 MART, 2026, 12:06
Londonning «Arsenal» klubi 2025/2026 yilgi mavsumning hal qiluvchi pallasiga yaqinlashib qoldi. Jamoa ayni damda ham APL, ham Chempionlar Ligasida g'oliblik uchun da'vogarlik qilmoqda.
«Kanonirlar» himoyachisi Rikardo Kalafori hal qiluvchi o'yinlar oldidan ajoyib hissiyotlarni boshdan kechirayotganini tan oldi.
«Kelgusi bir necha oy — mavsumning eng yaxshi qismidir. Siz aynan shu nuqtaga etib kelish, barcha turnirlardagi ishtirokni davom ettirish va g'alabaga shu qadar yaqin kelish uchun tinimsiz mehnat qilasiz. Bu erda bo'lish — haqiqiy orzu», — deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.
