Luis Enrike APLga o'tishi haqidagi mish-mishlarga to'xtaldi
17 MART, 2026, 12:06
Frantsiyaning «PSJ» klubi ustozi Luis Enrike Angliya Premer-ligasining top-klublaridan birida ish boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Bu ma'lumotlar qaerdan paydo bo'layotganini tushunmayman. Mish-mishlarga e'tibor qaratmayman. Men hozirda «PSJ» murabbiyiman va bu erda ishlayotganimdan faxrlanaman», — deya italiyalik jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda.
55 yoshli ispaniyalik mutaxassis Parij grandi bosh murabbiyi lavozimini 2023 yilning yozida egallagan edi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
