logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

OFK bosh kotibi: Eron JCH-2026 da ishtirok etadi

 17 MART, 2026, 09:16

Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) bosh kotibi Vindzor Jon Eron terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki borasidagi mish-mishlarga chek qo'ydi.

Sport vazirining gaplari shunchaki hissiyotmidi?

Eslatib o'tamiz, avvalroq Eron sport vaziri mamlakatdagi siyosiy vaziyat sabab terma jamoa AQSHdagi mundialda ishtirok etmasligini aytgan edi. Ammo OFK rasmiysi bu malumotni rad etdi:

"Eron terma jamoasi — bizning azomiz. Biz ularning o'ynashini xohlaymiz. Bizga malum bo'lishicha, Eron musobaqada ishtirok etadi.

Hozir juda hissiyotlarga boy davr, hamma turli gaplarni gapirmoqda. Ammo yakunda ularning o'ynash yoki o'ynamasligini aynan Eron futbol federaciyasi hal qilishi kerak. Bugungi kundagi holatga keladigan bo'lsak, federaciya bizga Jahon chempionatiga borishlarini malum qildi", — dedi Vindzor Jon.

Malumot uchun, JCH-2026 turniri 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ